Abdulxaq Abdulxairovich Xalikov (1948-yil 1-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.

Abdulxaq Xalikov
Tavalludi 1-mart 1948-yil (1948-03-01) (76 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent davlat transport universiteti
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi tahrir

Abdulxaq Xalikov 1948-yil 1-mart Toshkent shahrida ishchi oilasida tavallud topgan[1]. 1967—197-yillarda Toshkent politexnika institutida oʻqigan. 1966—1971-yillarda Toshkent televizion markazi elektromexanigi, 1971—1973-yillarda Toshkent politexnika instituti muhandisi, 1973—1974-yillarda harbiy xizmatda, 1974—1979-yillarda Toshkent politexnika instituti assistenti, aspiranti, 1979—1982-yillarda Toshkent politexnika instituti katta oʻqituvchisi, 1982—1998-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti radio texnika va radio tizimlari kafedrasi mudiri, 1998—1999-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti professori, 1999—2018-yillarda Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti elektr aloqa va radio kafedrasi mudiri, professori, kafedra mudiri vazifasini bajaruvchisi, 2018—2019-yillarda Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti temir yoʻl transporti avtomatika va telemexanika kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi, 2019-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti temir yoʻl transporti avtomatika, telemexanika va telekommunikatsion texnologiyalar kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchisi, 2019—2020-yillarda Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti temir yoʻl transportida avtomatika, telemexanika va telekommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi professori, 2020-yildan Toshkent davlat transport universiteti radioelektron qurilmalar va tizimlar kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

1983-yili „Koʻp turgʻunli chastotaviy elementlarni tadqiq etish va yaratish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 500 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar, shulardan 4 ta darslik, 10 ta monografiya, 34 ta oʻquv qoʻllanma, 320 ta ilmiy ishlar va 118 ta oʻquv-uslubiy ishlar, 8 ta mualliflik guvohnomasi, 6 ta patent muallifi[1]. 2014-yildanOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasida Texnika yoʻnalishi boʻyicha ekspert kengashi raisining oʻrinbosari. Xalqaro aloqa akademiyasining akademigi. 2021-yilda (Qozogʻiston Respublikasining Nursulton shahrida) Hamdoʻstlik mamlakatlararo oʻtkazilgan ta’limda eng yaxshi pedagog koʻrik tanlovida 1-oʻrinni egallagan[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE