Abdumutal Abdullayev
Abdumutal Abdullayev (1949-yil 12-may, Xoʻjaobod tumani, Andijon viloyati Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2022-yil 26-sentyabr, Andijon) – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist (1991), yozuvchi va publitsist. „Oltin qalam“ xalqaro mukofoti sovrindori (2006). Uzoq yillar mobaynida „Andijonnoma“ gazetasida faoliyat olib borgan.
Abdumutal Abdullayev | |
---|---|
Tavalludi |
1949-yil 12-may Xo‘jaobod tumani |
Vafoti |
2022-yil 26-sentyabr Xo‘jaobod tumani |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Mashhur sovrinlari | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist"Oltin qalam" xalqaro mukofoti |
Dini | islom |
Biografiyasi
tahrirAbdumutal Abdullaev 1949-yil 12-mayda Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani Koʻtarma qishlogʻida tugʻilgan. 1956-1966-yillarda Xoʻjaobod tumanidagi oʻrta maktabda oʻqigan. 1971-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
tahrirMehnat faoliyatini "Andijonnoma" (sobiq „Kommunist“) gazetasida boshlagan. 1975-1980-yillar mobaynida Respublika „Qishloq hayoti“ (sobiq „Qishloq haqiqati“) gazetasining Fargʻona vodiysi boʻyicha muxbiri, 1980-1982-yillarda Andijon viloyati firqa qoʻmitasida matbuot yoʻriqchisi, 1982-yildan „Andijonnoma“ gazetasi bosh muharririning oʻrinbosari, 1990-yildan bosh muharrir, 1996-yildan bosh muharrirning birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2012-yildan 2016-yilga qadar bosh muharrir vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. 2016-2020-yillarda esa „Hamkorbank“ ATBning „Hamkor press“ gazetasi bosh muharriri sifatida faoliyat yuritgan[1]. Umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili sifatida ishlagan.
Ijodiy faoliyati
tahrir1994-2014-yillar davomida vatanparvarlik, el-yurtga mehr-muhabbat, umuminsoniy qadriyatlar, maʼrifiy-maʼnaviy, lirik, falsafiy-tasavvufiy mavzulardagi „Hazrati Attor“[2], „Muhabbatdan soʻz ochma menga“, „Koʻngil tinchirmidi?“, „Andijonnoma mutoibalari“, „Siyratga sayr“, „Dunyoning kaliti“, „Alushta ertagi“[3], „Ishqqa davo yoʻq“, „Dard“[4], „Umrki bir sinoat“, „Alfons“, „Hajdagi hayotim“, „Qubays togʻidagi nido“[5], „Qaqnus“, „Yigit yigʻlamasin“[6], „Muhabbat maktubi“[7] kabi kitoblari chop etilgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi hamda Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi aʼzosi boʻlgan. Abdumutal Abdullayev 2022-yilning 26-sentyabr kuni 73-yoshida vafot etgan[8].
Yutuqlari
tahrir1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist faxriy unvoniga sazovor boʻlgan. 2006-yilda Xalqaro „Oltin qalam“ mukofoti sovrindori sifatida eʼtirof etilgan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ „"Hamkorpress" gazetasi Qaralgan sana=17.08.2024“ (hamkorpress.uz).
- ↑ „Abdumutal Abdullayev "Hazrati Attor" Qaralgan sana=17.08.2024“ (ziyouz.com).
- ↑ „Abdumutal Abdullayev "Alushta ertagi" Qaralgan sana=17.08.2024“ (rasul.template.uz).
- ↑ „Abdumutal Abdullayev "Dard" Qaralgan sana=17.08.2024“ (n.ziyouz.com).
- ↑ „Abdumutal Abdullayev "Qubays tog'idagi nido" Qaralgan sana=17.08.2024“ (n.ziyouz.com).
- ↑ „Abdumutal Abdullayev "Yigit yig‘lamasin" Qaralgan sana=17.08.2024“ (kitobxon.com).
- ↑ „Abdumutal Abdullayev "Muhabbat maktubi" Qaralgan sana=17.08.2024“ (kitobxon.com).
- ↑ „Abdumutal Abdullayev vafot etdi Qaralgan sana=17.08.2024“ (www.ombudsman.uz).
- ↑ „“Oltin qalam”da yangilik: Milliy mukofot bir shaxs va bir jamoaga takroran berilishi mumkin boʻlmoqda Qaralgan sana=17.08.2024“ (yuz.uz). 2024-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-avgust.