Abduqodir Hojimetovich Hayitmetov (1926.27.5, Dangʻara tumani Qiyoliqum qishlogʻi — 2005.7.5, Toshkent) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Filologiya Fanlari doktori (1965), professor (1970). Oʻrta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1949). Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida kichik (1953-57), katta ilmiy xodim (1957—67), direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va boʻlim mudiri (1967—70; 1971—98), ilmiy maslahatchi (1998—2003), yetakchi ilmiy xodim (2003 ydan). Hayitmetovning adabiy-ilmiy faoliyati 50-yillarda hikoya va maqolalar yozish bilan boshlangan. Keyinchalik u faqati. t. ishlari bilan shugʻullangan va uning ilmiy faoliyati, asosan, buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy ijodini oʻrganishga bagʻishlangan. Hayitmetov "Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari" (1959), "Navoiy lirikasi" (1961), "Navoiyning ijodiy metodi" (1963), "Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan", "Navoiy dahosi" (1970), "Hayot-baxsh chashma" (1974), "Navoiyxonlik suhbatlari" (1993) kabi asarlari bilan navoiyshunoslik fanini yangi bos-qichga koʻtargan.

Hayitmetov ilmiy faoliyatining muhim qismini oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixini yaratish bilan bogʻlits ishlar tashkil etadi. Uning ilmiy rahbarligi va bevosita ishtirokida oʻzbek tilida 5 j.li (1977—80), rus tilida 2 j.li (1991-92) "Oʻzbek adabiyoti tarixi" yaratilgan. Bundan tashqari, olim 4 j.li "Uzbek adabiyoti" majmuasi, 3 j.li "Uzbek poeziyasi antologiyasi", Ali-sher Navoiyning 15 va 20 j.li asarlar toʻplamlarini tuzishda faol ishtirok etgan. Navoiyning "Hayrat ul-abror" hamda "Farhod va Shirin" dos-tonlarining nasriy variantlarini tayyorlab nashr etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti la-ureati (1967, 1992). "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan (2003).

Manbalar

tahrir
  • Tabarruk izlar izidan, T., 1979; meros va ixlos, T., 1985; Navoiyxonlik suhbatlari, T., 1993; Temuriylar davri oʻzbek adabiyoti, T., 1996.

Adabiyot

tahrir
  • Abduqodir Hojimetovich Hayitmetov (biobibliografiya), T., 1986; Vohidov R., Navoiy qalbila sirlashgan inson, T., 1999.