Abduqodir ibn Ali ibn Yusuf al-Fosiy yoki Sidiy Abdelkadir al-Fosiy[1] (arabcha: عبد القادر بن علي بن يوسف الفاسي; tax. 1599 —  1680) yoki toʻliq shakli Abu Muhammad, Abu Saud Abduqodir al-Fosiy ibn Abuhasan Ali ibn Abumahasin Yusuf al-Qasriy al-Fosiy Ksar-el-Kebir shoziliy zaviyiyasi asoschisi[2]. Tarjimai holi haqidagi maʼlumotlar Abdurahmon al-Fosiyning Tuhfat el-Kebir asari orqali yetib kelgan[3]. Al-Fosiy oilasining eng mashhur aʼzolaridan biri boʻlgan.

Abduqodir[4] Fosdagi birinchi Zaviya al-Fassiyaning asoschisi Abumahasin Yusuf al-Fosiyning (vaf. 1604) nabirasidir[5]. Ksar al-Kebirda tugʻilgan va Abdurrahmon al-Orif al-Fosiy (amakisi) huzurida oʻqish uchun Fosga koʻchib oʻtgan[6]. Amakisining vafotidan keyin Muhammad al-Maonga shogird boʻlib, Qalqliyn mahallasida joylashgan Zaviya al-Fossiyaning ikkinchi boʻlimiga qabul qilingan. Abduqodirning bilimi va taʼsiri kuchayib, shahar uchun notinch davr boʻlgan Mavlay Ismoil (h. 1672–1727) hukmronligi davrida Fosda soʻfiylik islohotchisi va qayta tiklovchisi sifatida eʼtirof etilgan. Abduqodir murakkab shaxs bo‘lib, tasavvufni targ‘ib qilishdan tashqari, hadis ilmi bilan ham shug‘ullangan va an’anaviy islom ilmlari bo‘yicha ham mohir olim sifatida e’tirof etilib, unga Shayx ul-jamoa („Jamiyat ustozu“) unvoni berilgan[6][4]. Fahrasa janri muallifi hisoblanadi. Ushbu janrda olim shayxlar va ular bilan birga o‘qigan asarlarini sanab o‘tib, janrni ilmiy risola ham deyish mumkin.

Uning taʼlimoti oʻz davrining siyosiy elitalariga tanqidiy nuqtai nazarni va oʻzidan keyin Fosdagi soʻfiy avlodlariga meros boʻlib qolgan intellektual yoki ilmiy soʻfiylikka eʼtiborni oʻz ichiga olgan[6]. Ayniqsa, umrining oxirlarida moʻjizalar yaratuvchi avliyo martabasiga ega boʻlgan[6]. Abduqodir 1680-yilda vafot etgan va Qalqliyn hududida joylashgan zaviyasidagi qabrda dafn etilgan. Mazkur joy oʻsha vaqtdan boshlab Sidiy Abdulqodir al-Fossiy zaviyasi nomi bilan mashhur[4][6].

Manbalar

tahrir
  1. Le Tourneau, Roger. Fès avant le protectorat: étude économique et sociale d'une ville de l'occident musulman. Casablanca: Société Marocaine de Librairie et d'Édition, 1949. 
  2. Faouzi Skali, Saints et sanctuaires de Fés, Marsam Editions, 2007, p. 60
  3. Manuscript of the Bibiliothèque Général: Rabat, no 707, AKAB, p. 324, 1, 7 ff.
  4. 4,0 4,1 4,2 Skali, Faouzi. Saints et sanctuaires de Fés. Marsam, 2007 — 61–62-bet. ISBN 9789954210864. 
  5. Jacques Berque, Ulémas, fondateurs, insurgés du Maghreb, Sindbad, 1982, Chapter IV
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Fès et sainteté, de la fondation à l'avènement du Protectorat (808-1912): Hagiographie, tradition spirituelle et héritage prophétique dans la ville de Mawlāy Idrīs. Rabat: Centre Jacques-Berque, 2014. ISBN 9791092046175. 

Qoʻshimcha oʻqish uchun

tahrir