Abdurahim Kotib (XVI asr) – Navoiy asarlarini ko‘chirgan xattotlardan biri. Hirot xattotlik maktabining vakillaridan. 1551-1552 yillarda Navoiyning terma devonini kitobat qilgan. Qo‘lyozma 147 varaqdan iborat bo‘lib, nasta’liq xatida ko‘chirilgan (ToshDSHI SHQM, 1-fond, inv. raqami 2790)[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.