Abdurasul Jumaqul— 1966-yil 4-mart kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumani Istara qishlogʻida tugʻilgan. 1990-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning Jurnalistika fakultetini, 2007-yili Termiz Davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan."Hurriyat" gazetasi bosh muharriri ,Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi aʼzosi[1].

Abdurasul Jumaqulov
Tavalludi 4-mart 1966-yil

Asarlari

tahrir

  Abdurasul Jumaqulning „Yurakka sigʻmagan gaplar“ (1991), „Yillar va yoʻllar“ (2010) nomli publitsistik, „Osmon beshigi“ (1993)", „Ishq bogʻi“ (2011), „Faqat sen“ (2020), „Kunduzgi chiroq“ (2021) sarlavhali sheʼriy, publitsistik kitoblari chop etilgan.

  U 2003-yili „Shuhrat“ medali, 2021 yili „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. Jumaqulov, Abdurasul. „Абдурасул Жумақул. Шоирлик – Яратганнинг улкан ҳикмати“ (6-sentabr).