Abdurrahmon al-Idrisiy
Abdurrahmon al-Idrisiy (arabcha: عبد الرحمن الإدريسي — Abu Saʼd Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Muhammad al-Idrisiy al-Astrobodiy, taxminan 325/937 — Samarqand — 405/21.06.1015) — hadis hofizi, tarixchi.
Abu Sa’d Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Muhammad al-Idrisiy al-Astrobodiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | taxminan milodiy 937-yil (hijriy 325-yil) |
Vafoti |
milodiy 21-iyun 1015-yil (hijriy 405-yil) [Samarqand]] |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | hadis hofizi, tarixchi |
Otasi Abu Nuaym Muhammad ibn al-Hasan ibn Hammuya astrobodlik bo‘lgan. Manbalarda Abdurrahmon al-Idrisiy Samarqandda tug‘ilgani aytiladi. Katta bobosi — Idris ibn al-Hasanga nisbatan al-Idrisiy nisbasi bilan tanilgan.
Taʼlimi
tahrirDastlab o‘z otasidan, so‘ngra Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn as-Sirriy, Abu Ali Muhammad ibn Ahmad as-Savvof va Abu Bakr ash-Shofeʼiy kabi olimlardan dars olgan hamda muhaddis bo‘lib yetishgan. Astrobodda Abu Muhammad ibn al-Hasan ibn Hammuya kabi muhaddislardan istifoda qilgan Abdurrahmon al-Idrisiy hadis tahsili uchun Xuroson va Iroq yerlariga safar qilgan. Nishopurda Abu-l-Abbos Asom, Jurjonda Ibn Adiy va al-Ismoiliy, Bag‘dodda ad-Doraqutniy kabi olimlardan ko‘plab hadis yozib olgan. Hijozga safar qilib, bu hududning olimlaridan ham hadis rivoyat qilgan.
Hadislari
tahrirO‘z davrida Samarqandning eng mashhur hadis hofizi bo‘lgan va Bag‘dodda hadis rivoyat qilgan Abdurrahmon al-Idrisiydan Abu Ali ash-Shoshiy, al-Moliyniy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali al-Xabboziy, Abu Mas’ud Ahmad ibn Muhammad al-Bajaliy, Abu-l-Qosim Ali ibn Muhassin at-Tanuxiy kabi olimlar rivoyat qilganlar. Xatib al-Bag‘dodiy va Ibn Kasir uning siqa muhaddis bo‘lganini maʼlum qilganlar. Shahar tarixlarini yozish anʼanasini davom ettirgan Abdurrahmon al-Idrisiy, bu mavzudagi tadqiqotlari bilan bir qatorda hadislarning mavzulariga ko‘ra jam qilgan asarlar ham yozgan.
Vafoti
tahrirAbdurrahmon al-Idrisiyning ismi, kunyasi va vafot tarixi haqida manbalarda baʼzi noto‘g‘ri maʼlumotlar uchraydi. Ibn al-Asir uni 405/1015-yilda vafot etganlar orasida zikr qilib, ismini yanglish — Abu Saʼid Abdulloh ibn Muhammad al-Astarobiy tarzida qayd qilgan. Az-Zirikliy va Kahholalarning ham bergan maʼlumotlari bir xil bo‘lishiga qaramay, uni boshqa-boshqa shaxs sifatida zikr qilganlar. U 405-yil 30 zul-hijja/1015-yil 21-iyunda vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn qilingan.
Asarlari
tahrir- „Tarӣx Samarqand“ („Al-Kamāl fӣ maʼrifa ar-rijāl bi-Samarqand“). Samarqandda yetishib chiqqan shaxslar, xossatan, samarqandlik muhaddislar zikr qilingan asar. Abdurrahmon al-Idrisiy bu tadqiqotini ad-Doraqutniyga taqdim etib, uning maqtoviga sazovor bo‘lgani zikr qilinadi. Samarqand tarixini yozgan al-Mustag‘firiy va Najmuddin an-Nasafiy „Al-Qand fӣ zikr ’ulamā Samarqand“ asarida bu tadqiqotdan ko‘p foydalanganlar. Xatib al-Bag‘dodiy o‘zining „Tarӣx Bag‘dād“ asarida sakson o‘rinda naql qilgan, Abu Saʼd as-Sam’oniy, Yoqut al-Hamaviy va Ibn Hajar al-Asqaloniy kabi olimlar o‘z asarlarida iqtiboslar olgan mazkur asarning bizgacha yetib kelgani nomaʼlum.
- „Tarӣx Astrābād“. Astroboddan yetishib chiqqan olimlar va mashhur shaxslarga doir bu tadqiqot o‘z sohasida ilk manba hisoblanadi. Ibn Hajar al-Asqaloniy mazkur asardan foydalangan. As-Sahmiy (vafoti: 427/1036-yil) esa ushbu asarga „Takmila“ yozgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- As-Sahmiy. Tarӣx Jurjān. — Bayrut: 1407/1987. 260, 450;
- Al-Xatib. Tarӣx Bag‘dād. X, 302-303;
- Najmuddin an-Nasafiy. Al-Qand fӣ zikr ’ulamā Samarqand. — Riyoz. 1412/1991. 12-14, 240;
- As-Sam’oniy. Al-Ansāb. I, 160, 214, 265;
- Yoqut. Mu’jam. I, 289; II, 415;
- Ibn al-Asir. Al-Kāmil. IX, 252;
- Az-Zahabiy. Siyar. XVII, 226-227;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. III, 1062-1064;
- Ibn Kasir. Al-Bidāya. XI, 354;
- Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. II, 68, 136; XII, 411;
- Ibn Hajar. Lisān al-mӣzān. I, 346;
- As-Saxoviy. Al-I’lān bi-t-tavbӣx. 247, 265;
- Hoji Xalifa. Kashf az-zunӯn. I, 281, 296;
- Ibn al-Imod. Shazarāt az-zahab. III, 175;
- Brockelmann. GAL. Suppl., I, 210;
- Kahhola. Mu’jam al-muallifӣn. V, 188; VI, 140;
- Sezgin. GAS. I, 352;
- Az-Zirikliy. Al-Aʼlām. III, 225; IV, 121;
- Ali Yardım. „İdrîsî, Abdurrahman b. Muhammed“. TDV İA. — İstanbul: 2000. XXI, 491-492.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |