Abdus (arabcha: عبدوس – Abu Muhammad Ubaydulloh ibn Muhammad ibn Molik an-Naysoburiy) – hadis hofizi.

Abdus
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 895-yil (hijriy 282-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadis hofizi.

Biografiyasi

tahrir

Buyuk hadis hofizlaridan biri boʻlgan Abdus tavallud topgan sana nomaʼlum boʻlib, olimning vafot sanasi borasida manbalarda ikki xil rivoyat, hijriy 282-yil (milodiy 895) va hijriy 283-yil (milodiy 896) keltirilgan. Samarqandda yashagan va shu yerda vafot etgan.

Abu Abdulloh GʻunjarBuxoro tarixi“ asarida zikr qilishicha, Abdus Yahyo ibn Yahyo, Qutayba ibn Saʼid, Ishoq ibn Rohavayh, Muhammad ibn Abdulmalik ibn Abu ash-Shavorib, Amr ibn Zurora, Abu Hafs al-Fallos va ularning safdoshlari suhbatidan bahramand boʻlib, hadis eshitgan.

Hadislari

tahrir

Oʻz navbatida, Abdusdan Muhammad ibn Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Umar ibn Muhammad ibn Bujayr, Sahl ibn Sozavayh va boshqalar hadis rivoyat qilganlar[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. – Bayrut: „Dor al-kutub al-’ilmiyya“, 1998. II, 179;
  • Ibn al-­Imod. Shazarāt az-zahab. – Damashq-Bayrut: „Dor Ibn Kasir“, 1986. III, 346;
  • Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati. – T.: „Hilol-nashr“, 2017. 54.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.