Xaripov Abdusalim — 3380-sonli ish boʻyicha otuvga hukm qilingan, 1868-yili tugʻilgan, Namangan rayoni Katta Qurama qishlogʻidan. 1932-yili quloqqa tortilgan va Norin rayoniga surgun qilingan, jazoni oʻtagan, hibsga olingunga qadar kolxoz aʼzosi. Kolxoz aʼzosi boʻlib turib kolxozchilar orasida kolxozlarni buzilib ketishiga qaratilgan targʻibot olib borganlikda, sovet hokimiyati kolxozchilarni oziq-ovqat bilan taʼminlamayapti, ularni ochlikka mahkum etmoqda deb ularni kolxozdagi ishlarni tark etishga chaqirganlikda, oqibatda ishga chiqmayotganlar soni koʻtayib ketgani va kolxoz rejani bajarmay kelganida ayblangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 81-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.