Hafiz Shoahmedovich Abdusamatov (1925.8.2, Jambul shahri) — adabiyotshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975). Filologiya fanlari doktori (1968). Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1946). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim, sektor mudiri, direktor muovini, boʻlim mudiri (1952-60, 1966-79), 1960-66 yillarda mas’ul lavozimlarda ishlagan. Toshkent davlat madaniyat instituti rektori (1979-81), Hamza nomidagi sanʼatshunoslik instituti direktori (1981-93), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoʻlyozmalar institutida yetakchi ilmiy xodim (1994-98). Abdusamatovning ilmiy faoliyati oʻzbek adabiyotida satira, dramaturgiya va teatr sanʼatidagi anʼana, yangiliklar tahliliga bagʻishlangan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil