Abduxakim Idrisovich Turgʻunov (oʻzbekcha: Абдухаким Идрисович Турғунов; 1941-yilning 28-mayda, Toshkentda tugʻilgan) – Oʻzbekiston SSRda birinchi xizmat koʻrsatgan jurnalist. Sport jurnalisti, sharhlovchi, „Sport“ va „Oʻzbekiston“ davlat telekanallaridagi „Axborot“ dasturining teleboshlovchisi sifatida tanilgan. Oʻzbekiston MTRKda maxsus muxbir boʻlib ishlagan.

Abduxakim Idrisovich Turgʻunov
Абдухаким Идрисович Турғунов
Tavalludi 28-may 1941-yil
Vafoti 27-mart 2008-yil(2008-03-27)
(66 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Jurnalist, Sharhlovchi, Muxbir
Turmush oʻrtogʻi Gulzifa Abdurahmanovna Turgunova
Mukofotlari Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan jurnalist

Biografiyasi

tahrir

Turgʻunov Abduxakim Idrisovich 1941-yil 28-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1947-yilda Toshkent shahar Oktabr tumanidagi 14-sonli oʻrta maktabga oʻqishga kirdi. 1957-yilda 14-maktabni tugatgach, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga oʻqishga kirdi.

  • 1963-yil 12-sentabrda Abduhakim Idrisovich Turgʻunov Gulzifa Abdurahmonovna Xismatovaga turmushga chiqdi.
  • 2008-yil 27-martda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan jurnalist Abduhakim Idrisovich Turgʻunov 66 yoshida oʻtkir yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Mehnat faoliyati

tahrir

Faoliyatining boshida umumtaʼlim maktabida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Shundan soʻng u mahalliy va respublika turnirlarida sport hakami, sport sharhlovchisi boʻlib ishladi. „Oʻzbekiston“ telekanalidagi „Axborot“ dasturining muharriri, teleboshlovchisi, shuningdek, „Sport“ telekanalida sport sharhlovchisi sifatida tanilgan. U Oʻzbekiston MTRK maxsus muxbiri etib tayinlangan. 2002-yilda Turgʻunov Abduxakim Idrisovich oʻz faoliyatini yakunladi va 2002-yilda sogʻligʻi sababli nafaqaga chiqdi.