Abduzuhur Abduazizov

Abduzuhur Abdumajidovich Abduazizov (1938.1.1, Toshkent – 2014) – tilshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995). Filol. fanlari doktori (1975), professor (1978). Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutini tamomlagan (1961). Shu institut ingliz tili fonetika va fonologiyasi kafedrasining mudiri (1968-81; 1983-91), Kobul universitetida maslahatchi-professor (1981–83), Toshkent davlat universiteti qiyosiy-tipologik tilshunoslik kafedrasi mudiri (1991-yildan). Ingliz va oʻzbek tillari unli fonemalarining qiyosiy tahlili mavzuida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Umumiy va qiyosiy tilshunoslik, fonetika va fonologiya, oliy oʻquv yurti uchun chet tilla-rini oʻqitish uslubiyotiga doir darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi. Asarlari rus, ingliz va dari tillarida nashr etilgan. As: Oʻzbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi, T., 1992.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. "Abduzuhur Abduazizov" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil