Abhijith (hindcha: अभिजित, ruscha: Абхиджит, 1963-yil 30-iyul) — hind aktyori, qoʻshiqchisi, prodyuseri va rejissyori Kannada filmlarida faoliyat olib boradi. 1980-yillarning oxirida aktyorlik faoliyatini boshlagan, u 1990—2000-yillar davomida koʻplab filmlarda rollar ijro etgan. U asosan 1990-yillarda bosh rollarni va yovuz (salbiy) qahramonlarni, shuningdek, baʼzi yordamchi rollarni ham ijro etgan.

Abhijith
Tavalludi
Ramaswamy

30-iyul 1963-yil (1963-07-30) (60 yosh)
Chitradurga, Karnataka, Hindiston
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktyor, rejissyor, prodyuser, ijrochi
Faoliyat yillari 1983 — bugungi kun
Turmush oʻrtogʻi Rohini Abhijith
Bolalari Karthikeya, Shilpashree, Balaji

Faoliyati tahrir

Abhijith oʻz faoliyatini 1980-yillarning oxirida badiiy filmlarda kichik rollarni ijro etishdan boshlagan. Aynan 1990-yildagi „Kollej qahramoni“ filmi uni Kannada kino sanoatining muvaffaqiyatli yovuz qahramoniga aylantirdi. U Muddina Maava, Bir kishilik armiya va Vairi kabi filmlarda muvaffaqiyatli qahramon boʻlganidan keyin ham salbiy xaraktelik insonlarning rollarini ijro etdi[1]. Abhijith Kannada kino sanoatida 150 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan[2]. 1990—2016-yillarda yuzdan ortiq filmlarda rollar ijro etgan va filmlarda rejissyorli, produserlik qilib kelgan. Uning oʻndan ortiq mashhur filmlari ommaga etiboriga havola etilgan.

Rejissyor sifatida tahrir

Abxijitning birinchi rejissyorlik tashabbusi Jodi № 1 janjal va jangovar film edi, ikkinchisi esa Vishnu boʻlib, unvon bilan tortishuvlarga sabab boʻldi.

Produser sifatida tahrir

Abhijith Shree Balaji Creations bayrogʻi ostida filmlar ishlab chiqargan.

Yil Film Cast Til Izohlar
2005 Samarasimha Nayka Srinath, Tara, Rashmi Kannada
2009 Jodi № 1 Ramkumar Kannada
2012 Vishnu Ketrin Tresa, Ashish Vidyarthi Kannada
2017 Panta Anup Revanna Kannada Ijrochi prodyuser

Ijrochi qoʻshiqchi tahrir

Yil Film Qoʻshiq Musiqa direktori Izohlar
2005 Samarasimha Nayaka Sandoora Jatreyalli MN Krupakar
2012 Vishnu Chello Chello MN Krupakar
2013 Amareshvara Mahatme Iniya Oh Iniya

Tele-shoulari tahrir

Abhijith — Udaya telekanalida namoyish etilgan mashhur „Akharamale“ shousining boshlovchisi. Aksharamaale (Kannada) kannada tilidagi, Udaya telekanalida 15 yildan ortiq vaqt davomida qoʻshiqchilar iqtidorlari oʻrtasida bellashuv shousi boʻlib, unda asosan yoshlar ishtirok etishadi. Abhijith 1997-yildan beri boshlovchi va qoʻshiqchi Sangeetha Ravishankar va Anuradha Bhat bilan shou boshlovchisi boʻlib keladi[3].

Mukofotlari tahrir

  • 1996-yil — Yilning eng yaxshi aktyori uchun Bharath Udyog Samastha mukofoti
  • 2010-yil — Abhinava Chathura

Tanlangan filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol Til Izohlar
1990[4] Kollej qahramoni Salbiy rol Kannada
1991 Mangalya Kannada
1992 Chaitrada Premanjali Salbiy rol Kannada
1992 Sindhoora Thilaka Kannada
1992 Mana Mecchida Sose Kannada
1992 Jeevana Chaitra Kannada
1993 Server Somanna Kannada
1994 Bhootayiya Makkalu Salbiy rol Kannada
1994 Ranjita Kannada
1994 Rashmi Kannada
1994 Muddina Maava Salbiy rol Kannada
1995 Thumbida Mane Kannada
1999 Om Namah Shivaya Kannada
2002 Antariya Kannada
2000 Yajamana Kannada
2001 Kotigobba Kannada
2005 Samarasimha Nayaka Kannada
2012 Vishnu Ikki rolli Kannada
2013 Amareshvara Mahatme Aadayya Kannada
2014 Abhimanyu Kannada Mehmon koʻrinishi
2016 CBI Sathya Kannada
2016 Shivayogi Shri Puttayaja Kannada

Telekoʻrsatuvlari tahrir

Yil Sarlavha Rol Til Kanal
1999—2015 Aksharamaale Boshlovchi va xonanda Kannada Udaya TV
2020-bugungi kun Sathya Lakshman Kannada Zee Kannada

Manbalar tahrir