Abissal tekisliklar
Abissal tekisliklar – chekka dengizlarning okean soyliklari va botiqlaridagi chuqur suv osti yassi va sertepa tekisliklari. Okean qaʼri va oʻtish zonasida keng tarqalgan Yassi Abissal tekisliklar okean va chekka dengiz soyliklarining chetki qismlariga toʻgʻri keladi. Sertepa Abissal tekisliklar okean tubining katta qismini egallaydi. Yassi Abissal tekisliklar Atlantika okeanida koʻp tarqalgan. Sertepa Abissal tekisliklar relyefining parchalanganligi bilan ajralib turadi. Sertepa Abissal tekisliklar Hind va Tinch okeanlarida Atlantika okeaniga nisbatan koʻproq uchraydi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |