Abjad
Abjad – 1) qadimgi arab alifbosi tarkibidagi harflardan tuzilgan va har qaysi harfning son qiymatini eslab qolish uchun yasalgan sakkizta soʻzning birinchisi va shartli umumiy nomi. Bu soʻzlar: abjad, havvaz, hutti, kalaman, saʼufas, qarashat, saxxaz, zazagʻ. Aslida arab harflarining mazkur tartibi finikiya va oromiy harflaridan kelib chiqqan boʻlib, ular muayyan sonlarni ifodalaydi. Finikiya oromiy alifbosida 400 dan keyingi sonlarni ifoda qilish uchun tav (400) harfiga boshqa harflar qoʻshilgan. Masalan, tavqof (500), tavresh (600), tavshin (700), tavtav (800), tavqof (900) va hokazo. Arablar esa mazkur sakkizta soʻzning ol-dingi oltitasini 22 harfdan iborat finikiyaoromiy alifbosi asosida tuzib, harflarning son ifodalarini 1000 ga yetkazish uchun finikiya-oromiy alifbosida boʻlmagan oltita arab harflaridan A.ning keyingi ikki soʻzini (saxxaz, zazagʻ) yasaganlar. Harflarni sonlar bilan va sonlarni harflar bilan ifoda qilish A. va jimal hisobi ismlari bilan atalib, qad. vaqtlarda sonlarni, mas, koʻpaytirish jadvalini yodlashni osonlashtirgan. Bundan tashqari, Sharq, shu jumladan oʻzbek mumtoz adabiyotida biror muhim hodisaning sanasini esda tutishni osonlashtirish uchun sonlar harflar bilan ifodalangan. Oʻzbek adabiyotida A. dan maxfiy yozuvlar yozishda ham foydalanilgan. Oʻzbek mumtoz adabiyotida A. hisobi 20-asr boshlarigacha qoʻllangan; 2) boshlangʻich, ilk maʼnosiga ham ega; 3) Musiqada Yaqin va Oʻrta Sharq musiqa ilmida tovush (parda, nagʻma)lar yozilishi va ularning nisbatlari aniqlanishida A. tizimidan foydalanilgan[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |