Abjad hisobi- arab alifbosida harflarning har biri ma’lum songa tengligi asosida yuritiluvchi hisobdir. Ya’ni arab harflarining har biri alifbo tartibida ma’lum sonni ifodalaydi. Oson eslab qolinishi uchun sonlarni ifodalayotgan harflarni qat’iy alifbo tartibida biriktirish orqali sakkizta sun’iy so’z hosil qilingan bo’lib, ular hech qanday lug’aviy ma’noga ega emas: abjad (ابجد), havvaz (هوز),hutti (حطى), kalaman (كلمن), sa’fas (سعفص), qarashat (قرشت), saxxaz (ثجذ), zazag’ (ضظغ). Abjad hisobi atamasi mazkur so’zlarning birinchisi nomidan kelib chiqqan. Shu sakkiz so’z tarkibidagi qisqa unlilar istisno qilinsa, qolgan harflar 1 dan 1000 gacha bo’lgan sonlarni bildiradi ( bu o’rinda o’zbek alifbosidagi “t”, “s”, “h,x”, “z” harflarining arab alifbosida turli ko’rinishlari mavjudligini hisobga olish kerak). Sharq Mumtoz she’riyatida Abjad hisobidan u yoki bu voqea-hodisaning yuz berish vaqtini qayd etish, she’rda turli so’z o’yinlarini yuzaga keltirish kabi maqsadlarda samarali foydalanilgan. Shuningdek, Abjad hisobi imkoniyatlari chiston, muammo kabi she’riy boshqotirma janrlarida ham keng istifoda etilgan.

Manbalar tahrir

  1. D. Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheraliyeva

Adabiyotshunoslik lug’ati.Toshkent: 2013- 4-bet.