Abolitsiya — qonun yoki boshqa huquqiy hujjatni bekor qilish. Rimliklar abolitsiyani uch xil koʻrinishini farqlashgan:

1) abolitio generalis sive publica ya'ni muayyan bayram munosabati bilan yoki ijtimoiy ofat vaqtida mahkumlarni ozod qilishdan iborat boʻlgan;

2) abolito ex lege, yaʼni sudya tomonidan ayblov xujjatida yoʻl qo'yilgan formal xato munosabati bilan berilgan ayblanuvchining iltimosnomasiga koʻra ayblovni bekor qilish;

3) abolito privata, yaʼni xususiy ayblovchi tomonidan rad etishga imkoniyat berilishi.

Keyinchalik abolito specialis (jinoyat sudining harakatini yoʻq qilish) va amnistiya maʼnosidagi abolito generalis (oddiy abolito) farqlana boshlangan.

[1]

  1. Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi