Abondans pishlogʻi
Abondans (fransuzcha: Abondance) — Fransiyaning Haute-Savoie departamentida ishlab chiqarilgan yarim qattiq pishloq.
Tarixi
tahrirAbondans pishlogʻini ishlab chiqarish XIV-asrda boshlangan.
Ishlab chiqarilishi
tahrirPishloq maʼlum zotlardagi sigirlarning sutidan tayyorlanadi, ularning ratsionidan silos va boshqa fermentlangan ozuqalar chiqarib tashlanadi[1]. 9,5 kg ogʻirlikdagi bir bosh pishloq tayyorlash uchun 100 litr sut kerak boʻladi[1]. Pishloq pishishi davomida lattaga oʻralgan boʻlib, uning izi qobiqda aniq koʻrinadi.
Xususiyatlari
tahrirPishloq koʻk kazein dogʻlari va matoning izi tushgan silliq apelsinrang-jigarrang qobigʻiga ega. Ushbu pishloq eti yumshoq, elastik, mayin, ozgina qaymoqli, oqish yoki sargʻish rangda boʻlib, gʻovaklari boʻladi. Yogʻ miqdori 48 %ni tashkil etadi. Toʻyimli, nozik, yumshoq, meva va yongʻoq taʼmiga ega.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Masui K., Yamada T. Fransuzskie siri : illyustrirovannaya ensiklopediya = [French Cheeses] / Kazuko Masui, Tomoko Yamada; vstup. sl. J. Robyushon; per. s angl.: S. Sapronov; foto Y. Maruyama. — SPb. : Izd. dom „Neva“, 2003. — S. 20—21. — (A Dorling Kindersley Book). — ISBN 5-7654-2333-7.