Abonentlar telegraf aloqasi
Abonentlar telegraf aloqasi — telegraf apparatlari orqali korxona va muassasalar oʻrtasida mustaqil telegraf aloqasi oʻrnatish. Abonentlar telegraf aloqasi oʻrnatish uchun avtomat yoki dastaki telegraf stansiyasi va telegraf apparatlaridan tashqari maxsus chaqirish va raqam terish moslamalari ham boʻlishi kerak. Telegraf apparatlari aloqa liniyasi (yoʻli) orqali telegraf stansiyasiga ulanadi. Telegraf stansiyasining ishlash tarzi avtomat telefon stansiya (ATS)ning ishlash tarzidan farq qilmaydi. Abonentlar telegraf aloqasi a. axborotlarni kecha-kunduz ayir-boshlash imkoniyatini beradi (yana qarang Teleks).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |