Aborigen gʻoʻza
Aborigen gʻoʻza (lotincha aborigine — avvaldan) — gʻoʻzaning cheklangan hududda oʻsadigan tur, xil va formalari. Meksikaning shimoli-gʻarbida oʻsadigan davidzon gʻoʻzasi, Galapagos oroloining unumsiz toshloq zonalarida oʻsadigan klotssh gʻoʻzasi, faqat Braziliya togʻlarida uchraydigan mustelinum gʻoʻzasi Aborigen gʻoʻza turlariga kiradi. Barcha yovvoyi Aborigen gʻoʻza turlari qimmatli genetik material boʻlib, qator foydali xoʻjalik xususiyatlariga ega (qurgʻoqchilikka, shoʻrga, past temperaturaga chidamli va hokazo), shuning uchun ulardan genetika-seleksiya ishlari amaliyotida keng foydalaniladi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |