Abraziv materiallar, abra-zivlar (lot. abrasio — qirtishlamoq) — mayda donador yoki kukunsimon qattiq materiallar. Ulardan charxtosh, jilvir, qayroq va boshqa tayyorlanadi. Abraziv materiallar tabiiy va sunʼiy xillarga boʻlinadi. Olmos, korund, kvars va boshqa tabiiy; elektr ko-rund, kremniy karbid (karborund), bor karbidlar sunʼiydir. Sanoatda sunʼiy Abraziv materiallar keng qoʻllaniladi. Sunʼiy korund yoki elektr korund, asosan, alyuminiy (Sh)-oksiddan iborat, u tabiiy jinslar (giltuproq va boshqalar)ni elektr pechlarda eri-tib olinadi. Elektr korund juda qattiq material, 2050°S gacha temperaturaga chidaydi. Birmuncha qovushoq, oʻtkir qirrali dona-chalar tarzida uvalanadi. Elektr korund tarkibida alyuminiy (Sh)-oksid koʻpaysa, qattiqligi va qovushoqligi ortadi. Tar-kibidagi alyuminiy (Sh)-oksidning miqdoriga koʻra elektr korundlar ikki xil boʻladi: 1 — oq elektr korund (98 — 99%, shartli belgisi — EB), 2 — normal elektr korund (91%dan kam emas, shartli belgisi — E). Kremniy karbid elektr pechda qum va toshkoʻmir aralashmalariga kremniy karbid hosil boʻlishini tezlash-tiruvchi qoʻshimcha materiallar qoʻshib, 1800 — 1850°S gacha qizdirib olinadi. Kremniy karbid elektr korundga nisba-tan ham qattiq, ham moʻrt. Kremniy kar-bid ikki xil boʻladi: 1 — qora kremniy karbid (qum — 95% dan 97% gacha, shart-li belgisi — K4), 2 — koʻk yashil kremniy karbid (qum — 97%, shartli belgisi — K4). Bor karbid qattiqligi olmosga yaqin material. U texnik borat kislota va neft koksidan iborat shixtani eri-tib olinadi. Qoʻngʻir-qora rangli kukun tarzida ishlab chiqariladi. Abraziv asboblarning xillari: 1 — Yassi silliklash doirasi; 2 — konus do-ira; 3 — oʻymali disk; 4 — silliqlash diski; 5 — halqa; 6 — silindrik kosacha; 7 — konussimon kosacha; 8 — minerallar uchun moʻljallangan silindrik; 9 — si-lindrik silliklash kallagi; 10 — ko-nussimon; 11 — gumbazeimon; 12 — sharsimon; 13 — kvadrat shaklli choʻzinchoq; 14 — uch qirrali; 15 -doiraviy; 16 — pichoqsimon; 17 — trapesiya shaklli; 18 — qavariq-botiq; 19 — xoninglash uchun moʻljallangan qayroqtosh. Abraziv materiallarning asosiy koʻrsatkichlari: qattiqligi (MN/m2), mustahkamligi va qovushoqligi, abraziv donalarining shakli, abrazivlik (jilvirlash) xususi-yati, donadorligi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Abraziv materiallar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil