Abris
Abris (nemischa abrip — chiziq, xomaki rasm) — 1) reproduktiv litografiyaga — koʻchirilayotgan tasvir qiyofasi; shaffof material — plyur (yelim qatlamli shaffof qogʻoz), kalka yoki jelatin plyonkaga maxsus tush bilan chiziladi; 2) geodeziyada — dala sharoitida qoʻlda chizilgan va oʻlchamlar koʻrsatilgan xomaki chizma; 3) harbiy ishda yoʻlning xomaki rejasi. Abris jang boshlanishiga oz vaqt qolganda yoki havo yomon paytlarda harbiy mutaxassislar tomonidan koʻz bilan chamalab chiziladi. Yoʻl qogʻozda toʻgʻri chiziq bilan koʻrsatiladi. Yoʻlda uchraydigan narsalar (koʻpriklar, quruqdan aylanib va suvdan kechib oʻtiladigan joylar) nuqta yoki kichik doira bilan koʻrsatiladi. Chiziq bilan koʻrsatishning iloji boʻlmasa, qogʻozning bir chetida qisqa sharh beriladi. Abris, odatda, xarita oʻrnida ishlatiladi[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |