Abu-l-Barakot al-Anboriy

tilshunos, nahv olimi

Abu-l-Barakot al-Anboriy (arabcha: أبو البركات الأنباري) — ‎Kamoluddin Abu-l-Barakot Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Ubaydulloh ibn Abu Saʼid al-Ansoriy al-Anboriy) —   tilshunos, nahv olimi.

Kamoluddin Abu-l-Barakot Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Ubaydulloh ibn Abu Sa’id al-Ansoriy al-Anboriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1119-yil (hijriy 513-yil)
Vafoti milodiy 1181-yil (hijriy 577-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi tilshunos, nahv olimi

Hayoti

tahrir

Hijriy 513-yil rabi’us-soniy (milodiy 1119-yil iyul) oyi­da Bag‘dodda tug‘ilgan. Abu Mansur Mavhub al-Javoliqiy (1073-1144-yillar) va Ibn ash-­Shajariylardan taʼlim olgan. Uning eng qimmatli asari til tarixiga oid bo‘lib, uning vujudga kelishidan boshlab to muallifning o‘zigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan bir qator maʼlumotlar o‘rin olgan. Ushbu kitob maʼlumotlarining qiymati bilan bir qatorda, o‘sha davrdagi arab mualliflari asarlaridagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Bundan tashqari, Abu-l-Barakot al-Anboriyning eʼtiborga molik asarlaridan yana biri Kufa va Basra nahv maktablari o‘rtasidagi farqlar haqidagi „Al-Insāf fӣ masāil al-xilāf bayna-n-nahviyyӣn al-basriy­yӣn va-l-kufiyyӣn“ asari hisoblanadi.

Vafoti

tahrir

Abu-l-Barakot al-Anboriy umri davomida biror marotaba Bag‘dodni tark etmagan. Sha’bon oyi­ning to‘qqizinchi kunida (19-dekabr) Bag‘dodda vafot etgan.

Asarlari

tahrir

Quyidagi asarlar ham Abu-l-Barakot al-Anboriyga nisbat berilgan:

  • „Al-Ig‘rāb fӣ jadal al-aʼrāb“;
  • „Nuzha al-­alibbā fӣ tabaqāt al-udabā“;
  • „Al-Balāg‘a fi-l-farq bayna al-muzakkar va-l-muannas“;
  • „Asrār al-’arabiyya“;
  • „Al-­Bayān fӣ g‘arӣb i’rāb al-Qur’ān“;
  • „Umda al-udabā fӣ maʼrifa mā yuktab fӣhi bi-l-alif va-l-yā“[1].

Adabiyotlar

tahrir
  1. V. A. Zveginsev. Istoriya arabskogo yaziko­znaniya. Kratkiy ocherk. — Moskva: „KomKniga“, 2007. 63-64.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.