Abu Abdulloh Abdulvohid al-Agʻzuniy
Abu Abdulloh Abdulvohid al-Agʻzuniy (arabcha: أبو عبد الله عبد الواحد الأغذوني — Abu Abdulloh Abdulvohid ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ayman ibn Abdulloh ibn Murra ibn Ahnaf ibn Qays at-Tamimiy al-Ag‘zuniy) — hadis roviysi.
Abu Abdulloh Abdulvohid ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ayman ibn Abdulloh ibn Murra ibn Ahnaf ibn Qays at-Tamimiy al-Ag‘zuniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | taxminan milodiy 816-yil (hijriy 200-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hadis roviysi |
Hayoti va faoliyati
tahrirTabaʼa tobe’inlardan biri bo‘lib, o‘z davrining peshqadam roviylaridan biri sifatida tanilgan. Abu Abdulloh Abdulvohid al-Ag‘zuniy Hoshid ibn Abdulloh al-Ag‘zuniy al-Buxoriyning bobosidir.
Abu Abdulloh Abdulvohid al-Ag‘zuniy Sufyon ibn Uyayna, Sharik ibn Abdulloh an-Naxaʼiy, Yazid ibn Ato, Muhammad ibn Muslim at-Toifiy, Hammod ibn Salama, Ibrohim ibn Saʼd az-Zuhriy, Qays ibn Robi’ va b.larning suhbatida ishtirok etib, ulardan hadis eshitgan va o‘z navbatida, yetuk muhaddis shogirdlar ham yetishtirib chiqargan. Undan Muhammad ibn Salom al-Boykandiy, Kaʼb ibn Saʼid al-Qoziy va boshqalar hadis rivoyat qilganlar[1].
Adabiyotlar
tahrir- As-Sam’oniy. Ansāb. — Haydarobod: „Doira al-maʼorif al-Usmoniyya“, 1962. I, 79;
- Yoqut. Mu’jam. — Bayrut: „Dor Sodir“, 1995. I, 54, 285;
- Ibn al-Asir. Al-Lubāb fӣ tahzӣb al-ansāb. — Bayrut: „Dor Sodir“. I, 20;
- Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 9.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |