Abu Abdulloh Muqriy
Muqriy, Abu Abdulloh Muhammad bin Ahmad bin Muhammad (vaf. 970) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Yusuf bin Husayn Roziy, Abdulloh Xarroz, Muzaffar Kirmonshohiy, Ruvaym, Jurayriy, Ibn Ato suhbatidan bahramand boʻlgan. Muqriy yoshligidayoq otasidan yetim qoladi, meros qolgan ellik ming diramning barchasini darveshlarga sadaqa qilib, yolgʻiz va yoʻl ozigʻisiz, tajrid va tavakkul bilan haj farzini ado etadi.
Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayoti haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |