Abu Ali Husayn bin Muhammad Akkor

Abu Ali Husayn bin Muhammad Akkor – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Abu Abdulloh Xafif Sheroziyning muridi. Shayx Abu Isʼhoq Koziruniyning ustozi. Xuroson, Iroq, Hijozga safar qilib, koʻp shayxlar suhbatidan bahramand boʻlgan. Qabri Abu Abdulloh Xafif Sheroziy maqbarasining ostonasida. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Nasoyim ul-muhabbat".