Abu Amir Nujayd
soʻfiy shayx
Abu Amir Nujayd (arabcha: أبو عمرو نجيد — Ismoil ibn Nujayd ibn Ahmad as-Sulamiy an-Naysoburiy) — so‘fiy shayx.
Abu Amir Nujayd | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy yil (hijriy yil) |
Vafoti | milodiy yil (hijriy yil) |
Dini | Islom |
Tasavvuf tariqatining yirik namoyandasi. Abu Abdurrahmon as-Sulamiyning bobosi. Hadis hofizi Hamdon as-Sulamiyning nabirasidir. Abu Usmon Hiriyning shogirdi. Abu-l-Hasan Bishr as-Sijziy, Abu Salama al-Bovardiy, Abu Nasr al-Qabboniy, Abu Amr az-Zujojiy, Abu Bakr al-Kattoniy, Abu-l-Husayn Muzayyinlar suhbatidan bahramand bo‘lgan. Tasavvufda ko‘proq malomatiyya tariqatiga rag‘bat bildirgan. U „Al-Juz’ fi-l-hadӣs“ („Hadis ilmida kitob“) nomli asar yozgan. Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“ga „Nafahot ul-uns“dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Alisher Navoiy. TAT. — T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU, 2011. X, 224;
- Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at. — T.: 2016. I;
- Erhan Yetik. „İbn Nüceyd“. TDV İA — İstanbul: 1999. XX, 234-235.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |