Abu Aqqol bin Ilvon Magʻribiy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Abu Horun Andalusiyning suhbatdoshi. Makkaga borib, toʻrt yil hech narsa yemay, oʻsha yerda vafot etgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.