Abu Avona al-Vositiy
Abu Avona al-Vositiy (arabcha: أبو عوانة الواسطی — Abu Avona Vaddoh ibn Abdulloh al-Vositiy) — hadis hofizi, taba’a tobeʼin.
Abu Avona Vaddoh ibn Abdulloh al-Vositiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 710-711-yil (hijriy y92-il) |
Vafoti |
milodiy 792-yil (hijriy 176-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hadis hofizi, tabaʼa tobeʼin |
Asli jurjonlik bo‘lib, oilasi Jurjonning fathida (milodiy 642-643, hijriy 22-yil) asirga olingan. Abu Avona al-Vositiy qul bo‘lib dunyoga kelgan. Xo‘jayini Yazid ibn Ato al-Yashkuriy mato savdosi bilan shug‘ullangani uchun uning do‘konida sotuvchilik qilgan. Muhaddis Ibn Adiyning aytishicha, xo‘jayini uning yoshligida ozodlikni yoki hadis yozishni tanlashini so‘raganida, Abu Avona hadis yozishni tanlagan.
Hadislari
tahrirHasan al-Basriy va Ibn Siriynlarni uchratgan bo‘lsa-da, ulardan hadis rivoyat qilgani manbalarda kelmagan. Hakam ibn Utayba, Asvad ibn Qays, Saʼid ibn Masruq Savriy, Qatoda ibn Di’oma, Amr ibn Dinor, Mansur ibn Mu’tamir, Osim al-Ahval, Aʼmash va boshqa ko‘plab muhaddislardan hadis rivoyat etib, zamonaning peshqadam muhaddisiga aylangan.
Undan Abdulloh ibn Muborak, Abu Dovud at-Tayolisiy, Abdurrahmon ibn al-Mahdiy, Affon ibn Muslim va Saʼid ibn Mansur kabi ko‘plab taniqli muhaddislar hadis rivoyat qilganlar.
U ilgari Vosit (Iroqdagi shaharcha)da istiqomat qilgan, hurriyatga erishganidan so‘ng, Basraga ko‘chib o‘tgan. Yahyo ibn Maʼiyn Abu Avona al-Vositiyning o‘qishni bilsa-da yoza olmaganini, rivoyat qilgan hadislarini boshqalarga yozdirib yodlaganini maʼlum qilgan. Shu’ba ibn Hajjoj, Affon ibn Muslim va Ahmad ibn Hanballarning maʼlumotlariga ko‘ra, Abu Avona al-Vositiyning qo‘li ostidagi kitoblardan qilgan rivoyatlari yuqori darajada ishonchli bo‘lib, yoddan rivoyat qilganida adashar edi. Shuningdek, manbalarda Affon ibn Muslim, bizning nazdimizda Abu Avonaning hadislari Shu’baning rivoyatidan ko‘ra sahihroq degani, boshqa o‘rinda Shu’baning, agar sizlarga Abu Avona Abu Hurayradan hadis aytsa, uni tasdiqlanglar, degani keltiriladi.
Yahyo ibn Saʼid al-Qatton uning yozma rivoyatlari Shu’ba ibn Hajjojning yoddan aytgan rivoyatlaridan ko‘ra sog‘lom ekanini maʼlum qiladi. U haqida aytilgan so‘zlar uning ishonchli muhaddis bo‘lganini ko‘rsatadi. Rivoyatlari „Kutubi sitta“dan o‘rin olgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt. VII, 287-288;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. VIII, 181;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx as-sag‘ӣr. II, 210, 212;
- Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. IX, 40-41;
- Ibn Hibbon. As-Siqāt. VII, 562-563;
- Az-Zahabiy. Siyar. VIII, 217 — 222;
- Az-Zahabiy. Mӣzān al-i’tidāl. IV, 434-435;
- M. Yaşar Kandemir. „Ebû Avâne el-Vâsıtî“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 100-101.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |