Abu Bakr Homid Shoshiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy (1007—1092-yil, Hirot) — imom, alloma, shofiʼiylik shayxi. Oʻz yurtida fiqh ilmini Abu Bakr as-Sanjiydan oʻrgangan. Tarixchi Abu Saʼd Samʼoniyning yozishicha, Abu Bakr Homid Shoshiy uning bobosi Imom Abulmuzaf-far Samʼoniyning Marvdagi ashoblaridan boʻlgan, taqvodor, zohid, doimo ilm bilan mashgʻul boʻlgan. Fiqh ilmida „imom“ darajasiga yetishgan. Gʻazna sultoni uni saroyga taklif etgan. Bu yerda olim oila qurib, bola-chaqali boʻlgan hamda asarlar yozgan. Soʻngra Nizomulmulk uni Hirotga chor-lagan. Hirotdagi „Nizomiya“ madrasasida mudarrislik qilgan. Shu yerda u Mansur al-Qogʻaziy, yurtdoshi Haysam ibn Kulayb Shoshiydan hadis ilmini oʻrgangan[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Abu Bakr Homid Shoshiy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil