Abu Bakr Muhammad Baladiy
Abu Bakr Muhammad Baladiy — (1111-yilda vafot etgan) Muhaddis va qozi boʻlgan.
Abu Bakr Muhammad Baladiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Qozi, muhaddis |
Abu Bakr Muhammad Baladiy Nasaf shahrida tugʻilgan. Alloma haqida Samʼoniy shunday yozadi: "Bu kishi haqida Buxoro, Samarqand, Nasaf va Maymurgʻda menga 20dan ortiq kishi maʼlumot berdi. Nevaralaridan taxalluslarining mazmunini soʻradim. "Katta bobom Abu Nasp zamonlarida aksariyat ulamolar Nasafning qishloq va tumanlaridan edilar. Bobom esa shahar ahlidan boʻlganlar. Shuning u-n „Baladiy“ taxallusi bilan tanilganlar", deb javob berdi". Abu Bakr Muhammad Baladiyning bobosi mashhur qozi va muhaddis, nevarasi Abu Nasr Ahmad ibn Abduljabbor Baladiy esa Nasafning taniqli olimi boʻlgan. Samʼoniy undan taʼlim olgan. Abu Bakr Muhammad Baladiy 1111-yilda vafot etgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
Manbalar
tahrir- ↑ Шамсиддин Заҳабий. Сияру аълами-н-нуба-ла. Ж.19. – Б. 30, 308; Самъоний. Ал-ансоб. Ж.1. – Б. 390; Ёқут Ҳамавий. Муъжаму-л-булдон. Ж.4. – Б. 484; Муҳаммадиев Н. Насаф ва Кеш алломалари. – Б. 32.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |