Abu Bakr Razmoziy (arabcha: أبو بكر رزمزي — Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Jobir ibn Qarqon Razmoziy Soʻgʻdiy) — roviy.

Aksar manbalarda u Abu Bakr Razmoziy deb keltirilgan.

Ustozlari

tahrir

Abu Abdulloh Yoqut Hamaviyning „Muʼjam al-buldon“ kitobida keltirilishicha Abu Bakr Razmoziy hadis oʻrganish sir-asrorlarini Hasan ibn Sohib Shoshiy, Abu Naʼim Abdulmalik ibn Muhammad ibn Adiy Astarboziy va Zohir ibn Abdulloh ibn Xusayn Soʻgʻdiy kabi ustozlardan oʻrgangan va ulardan koʻplab hadislar rivoyat qilgan[1].

Shogirdlari

tahrir

Abu Bakr Razmoziydan hofiz Abu Saʼd ibn Abdurahmon ibn Muhammad Idrisiy va Abu Hafs Umar ibn Ahmad ibn Muhammad Shohiniylar ham hadis tinglagan va rivoyat qilgan.

Vafoti

tahrir

Abdulkarim Samʼoniyning „Ansob“ kitobida qayd etilishicha Abu Bakr Razmoziy 377/987 yoki 379/989 yilda vafot etgan[2].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 67.
  2. Qarang: Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 6. — Bayrut. — Lubnon, 1998. — B. 122; Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjam al-buldon. J. 5. — Bayrut, 1979. 454