Abu Bakr Siddiq masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan[1].

Masjid
Abu Bakr Siddiq jome masjidi
Abu Bakr Siddiq
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Yunusjon domla Obilov[1]
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati tahrir

Abu Bakr Siddiq jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Tarnov shaharchasiga qarashli Ramazon koʻchasida joylashgan[2][3]. Masjidning bosh imom-xatibi Yunusjon domla Obilov boʻlib, namozxonlar va machitga tashrif buyurgan aholi vakillar bilan doimiy muloqotda boʻlib turadi. Mazkur jome masjid yonida shu nom bilan nomlanuvchi qabriston joylashgan. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorta uchun Ramadon mahalla fuqarolar yigʻini, Ilgʻor mahalla fuqarolar yigʻini, Sinchalak koʻchasi, Chorvadorlar koʻchasi, Navroʻz koʻchasi, Ramazon koʻchasi, Asqad Muxtor koʻchasi, Shodon koʻchasi, Olmazor koʻchasi, Xurmozor koʻchasi, Yoshlik koʻchasi, Ogahiy koʻchasi, B. Marginaniy koʻchasi, Axmat Yassaviy koʻchasi, Gulobod koʻchasi, Yangiobod koʻchasi, Baxt koʻchasi, Lutfiy koʻchasi, Munisa koʻchasi, At-Termiziy koʻchasi, Ogahiy koʻchasi, At-Termiziy hamda, unga qoʻshni boʻlgan ovul va koʻchalarda yashovchi mahalliy aholi vakillari ham tashrif buyurishadi.

Tarixi tahrir

Abu Bakr Siddiq jome masjidi qachon, kim tomonidan qurilganligi haqida aniq dalillar yoʻq. Ushbu masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 11-avgust kunida roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[3]. Jome masjidning binosi namozxonlar uchun qulay va yetarli shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, tashqaridan kelgan har qanday mehmon, sayyoh, yoʻlovchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „АБУ БАКР СИДДИҚ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  2. „"АБУ БАКР СИДДИК" МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 „"АБУ БАКР СИДДИК" Масжиди“. orginfo.uz. orginfo.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.