Abu Bakr Ahmad ibn Muso ibn Abbos ibn Mujohid al-Atariy (arab. أبو بكر أحمد بن موسى بن العباس بن مجاهد التميمي, 859/860 — 936) — oʻzining „Kitob as-sabʼa fil-qiroat“ asarida Qurʼoni karimning yettita qiroatini asoslab bergani va taʼriflagani bilan mashhur boʻlgan islom olimi[1].

Ibn Mujohid ابن مجاهد
Tavalludi 245/859-860, Bagʻdod
Vafoti 324/936, Bagʻdod
Kasbi Qiroat ilmi olimi
Dini Islom

Biografiyasi tahrir

Ibn Mujohid hijriy 245 (milodiy 859-860) — yilda Bagʻdodda tugʻilgan, u yerda hadis va Qur’on ilmi bilan shugʻullangan[1] . U Qur’onni Muhammad ibn Ahmad ad-Dojuniy[1] va Qunbuldan[2] oʻrgangan. Ibn Mujohid shofe’iy mazhabiga qiziqish bildirgan boʻlsa-da, qaysi fiqh mazhabiga mansub boʻlgani nomaʼlum. U Qur’on qiroati boʻyicha taniqli mutaxassis boʻlib yetishgan. Uning dars xalqasida 84-300 ta oraligʻidagi talabalar boʻlgani aytiladi[1]. Ibn Mujohid milodiy 936-yil 13-iyulda/20-shaʼbon 324-hijriyda vafot etgan[3].

Qur’on qiroatiga doir kitobi tahrir

Ibn Mujohid oʻzining "Kitob as-sabʼa fil-qiroat" asarida Qurʼonning yetti qiroatini tavsiflagan, keyinchalik ular „yeti qiroat“ deb nomlangan. Qiroat imomlarining uch nafari Kufadan, qolganlari esa Makka, Madina, Damashq va Basradan boʻlib, bu shaharlarning barchasi ilk islom davri ilm markazlaridan edi. Yetti imom quyidagilar edi[4]:

Madinalik Nofeʼ;

Makkalik Ibn Kasir;

Damashqlik Ibn Omir;

Basralik Abu Amr;

Kufalik Al-Kisoiy;

Kufalik Hamza az-Zaiyyot;

Kufalik Osim ibn Abu Najud.

Shaxsiy qarashlari Ibn Mujohid arab grammatikasini bilmasdan turib Qur’onni yodlashdan ogohlantiradi va bu oʻquvchining oyatlarni eslab qolish qobiliyatiga zarar yetkazishi mumkinligini taʼkidlaydi.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Christopher Melchert, Ibn Mujāhid and the Establishment of Seven Qur’anic Readings, Studia Islamica, No. 91. (2000), pp. 5-22.
  2. Imām ibn Kathīr al-Makkī (Wayback Machine saytida 2016-07-06 sanasida arxivlangan). © 2013 Prophetic Guidance. Published June 16, 2013. Accessed April 13, 2016.
  3. „İBN MÜCÂHİD - TDV İslâm Ansiklopedisi“ (en). islamansiklopedisi.org.tr. Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
  4. Dutton, Yasin (2012). „Orality, Literacy and the 'Seven Aḥruf' Ḥadīth“. Journal of Islamic Studies. 23-jild, № 1. 1–49-bet. ISSN 0955-2340.