Abu Bakra Saqafiyning (arabcha: أبو بكرة الثقفي) asl ismi Nufay’ ibn Horis (arab. نُـفَـيْـع ابْـن الْـحَـارِث) boʻlib, u Nofeʼ ibn Horisning ukasi edi. Toif qamali vaqtida qal’adan gʻaltakda osilib tushgani uchun „Abu Bakra“ deb nom olgan. U harbiy safari chogʻida boshqa bir islom lashkarboshisi Mugʻiyra ibn Shu’ba bilan tortishuvi bilan mashhur. Basrada iqtiqomat qilgan. Rasululloh (s.a.v.)dan 132 ta hadis rivoyat qilgan[1].

Boshqa manbalarda u Ziyod ibn Abihning oʻgay ukasi sifatida tasvirlangan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Madelung, Wilferd (1997). The Succession to Muhammad: A Study of the Early Caliphate. Cambridge University Press. p. 167 (note 121), 326. ISBN 978-0-521-64696-3.
  2. Haddad, G. F. (2005-01-15), Abu Bakrah and the Feminists, Abc.se, archived from the original on 2018-05-18