Abu Burda Burayd ibn Abdulloh
Abu Burda Burayd ibn Abdulloh (arabcha: أبو بردة بريد بن عبد الله — Abu Burda Burayd ibn Abdulloh ibn Abu Burda ibn Abu Muso al-Ash’ariy al-Kufiy) — muhaddis.
Abu Burda Burayd ibn Abdulloh ibn Abu Burda ibn Abu Muso al-Ash’ariy al-Kufiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 757-yil (hijriy 140-yil) |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Hayoti va faoliyati
tahrirBobosi Abu Burda al-Ash’ariy Kufa qozisi bo‘lgan. Katta bobosi esa mashhur sahoba Abu Muso al-Ash’ariydir. Otasi Abdulloh ibn Abu Burda va bobosi Abu Burda Omir ibn Abu Muso al-Ash’ariylardan hadis rivoyat qilgan. Abu Burda Burayd ibn Abdulloh Kufada olim bo‘lib yetishdi. Bobosidan tashqari Hasan al-Basriy va Ato ibn Abu Raboh kabi tobe’inlardan hadis o‘rgangan. Undan Sufyon as-Savriy, Abdulloh ibn Muborak, Sufyon ibn Uyayna, Abu Usoma, Abu Nuaym al-Fazl ibn Dukayn va b. muhaddislar hadis rivoyat qilganlar. Abu Usoma undan eng ko‘p hadis rivoyat qilgan. Hadis munaqqidlaridan Yahyo ibn Maʼiyn, Abu-l-Hasan al-Ijliy va Ibn Adiy kabi olimlar uni ishonchli muhaddis bo‘lganini aytganlar. Biroq Ahmad ibn Hanbal, Abu Hotim ar-Roziy va Imom an-Nasoiylar uning rivoyatlariga ahamiyat bermaganlar, xossatan yolg‘iz rivoyat qilgan hadislarini qabul qilmaganlar. „Kutubi sitta“ mualliflari esa uni saduq (to‘g‘ri so‘z) roviy sifatida qabul qilib, rivoyatlarini o‘z asarlariga kiritganlar.
Abu Burda Burayd ibn Abdulloh bobosidan, u esa otasi Abu Muso al-Ash’ariydan rivoyat qilgan „Musnad Burayd“ nomli ad-Doraqutniy tomonidan tartib berilgan qirq hadisdan iborat kitob Sulaymoniya kutubxonasida „Kitāb al-arbaʼӣn va g‘ayruh“ nomli majmua ichida saqlanmoqda. Barchasi sahih rivoyatlardan tashkil topgan „Musnad Burayd“dagi o‘ttiz yettita hadis „Sahӣh al-Buxārӣ“ hamda „Sahӣh Muslim“ asarlariga ham kiritilgani uning moʻtabar manba ekanini ko‘rsatadi[1].
Adabiyotlar
tahrir- Imom al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Qohira: 1396-97/1976-77. II, 140;
- Yahyo ibn Maʼiyn. At-Tarӣx. — Makka: 1399/1979. II, 56;
- Al-Ijliy. As-Siqāt. 78;
- Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydarobod: 1371-73/1952-53. II, 426;
- Az-Zahabiy. Siyar. — Bayrut: 1401-1405/1981-1985. VI, 251-252;
- M. Yaşar Kandemir. „Ebû Bürde, Büreyd b. Abdullah“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 115.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |