Abu Dovud Tayolisiy
Abu Dovud at-Tayolisiy (toʻliq ismi: Abu Dovud Sulaymon ibn Dovud at-Tayolisiy, arab. أبو داود سليمان بن داود الطيالسي) (750/751 – 819/820) – hijriy ikkinchi asrning musulmon olimi va muhaddisi[1]
Abu Dovud Tayolisiy أبو داود الطيالسي | |
---|---|
Tavalludi | 133/750-751, Basra |
Vafoti | 204/819-820, Basra |
Kasbi | muhaddis |
Dini | Islom |
Biografiyasi
tahrirTayolisiy hijriy taqvim boʻyicha 133-yilda (milodiy 750 yoki 751-yillarda) Iroqning Basra shahrida tugʻilgan. Dastlabki ta’limni oʻz shahrida tamomlagan, soʻngra oliy taʼlim olish uchun Bagʻdodga koʻchib oʻtgan va u yerda oʻsha davrning Hammod ibn Salama, Abu Avona va Muhammad ibn Abdurrahmon kabi buyuk olimlaridan saboq olgan. Tayolisiy barcha muhaddislar tomonidan juda ishonchli roviy sifatida e’tirof etilgan. U oʻzining kitobini (“Musnad at-Tayolisiy”ni) yozish uchun Muhammad alayhissalomning hadislarini toʻplash maqsadida koʻplab mamlakatlar boʻylab sayohat qilgan. Tayolisiy hijriy 204-yilda Basrada vafot etgan[2].
Asarlari
tahrirU koʻplab asarlar yozgan, biroq ularning orasida eng mashhuri “Musnad at-Tayolisiy” hisoblanadi[3][4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Abu Dawood Al-Tayalisi“. www.arabnews.com. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil.
- ↑ „Scholars of renown: Abu Dawood Al-Tayalisi“. www.arabnews.com. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil.
- ↑ Musnad Abi Dawud al-Tayalisi. ISBN 9789772561971. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil.
- ↑ Musnad Abi Dawud al-Tayalisi. ISBN 978-9772561971.
- ↑ Manhaj al-Imam Abi Daud al-Tiyalisi fi musnadihi : dirasah tahliliyah naqdiyah.. OCLC 957321947. Qaraldi: 30-aprel 2019-yil.