Abu Hasan Ali ibn Abduaziz Marzuban Bagʻoviy

Abu Hasan Ali ibn Abduaziz Marzuban (Bagʻoviy :علي بن عبد العزيز البغوي (vaf.286/899) Xurosonning Marvaroʻz va Hirot orasidagi boʻlgan Bagʻshoʻr (Bagʻ) shahrida tugʻilgan va shu yerning nomi bilan Bagʻoviy nisbatini olgan. Allomaning toʻliq ismi Abu Hasan Ali ibn Abduaziz Marzubon Bagʻoviy. U dastlabki taʼlimni otasi — muhaddis alloma Ahmad ibn Maniʼdan olgan. Keyinchalik islom olamidagi mashhur shaharlar Basra, Bagʻdod, Shom oʻlkalaridagi bir qancha oʻz davrining mashhur muhaddislaridan hadis va hadis usullaridan dars olgan. Ustozlari Affon ibn Muslim, Kaʼnabiy, Abu Ubayd Qosim ibn Sallom, Ali ibn Jadlardan hadis rivoyat qilgan. U Abu Ubayd Qosim ibn Sallomdan qiroat ilmini oʻrganganini alohida keltirgan. Ali ibn Abduaziz Bagʻoviyning jiyani Abuqosim Bagʻoviy, Dalaj ibn Ahmad, Tabaroniy va Makka shahriga kelgan koʻplab muhaddislar undan hadis rivoyat qilishgan. Abu Ubayd Qosim ibn Sallomning „Gʻaribul hadis“, „Kitabul tahrir“ asarlarida Ali ibn Abduaziz Bagʻoviyning „Musnad“ asari borligi keltirilgan, ammo asar bugungi kunga qadar saqlanmagan. Muhaddis alloma Abu Ali Hamid ibn Muhammad Naraviy oʻz asarining bir qismidagi hadislarni Abu Ubayd Qosim va Ali ibn Abduaziz Bagʻoviy rivoyat qilganini aytib oʻtgan. Alloma haqidagi maʼlumotlar manbalarda yetarli boʻlmasada, uning shogirdlari asarlarida keltirib oʻtilgan. Ali ibn Abduaziz Bagʻoviy 90 yoshida Makka shahrida vafot etgan va shu yerda dafn etilgan[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • Ibn Abu Hatim, Al-jarh va al-taʼdil VI, 196.
  • Yoqut Hamaviy, Mu’jam’ul udoba, XIV, 11-14.
  • Imom Zahabiy, Tazkirotul huffaz, II, 622-623.
  • a.mlf., Mizonul tidal, III, 143.
  • a.mlf.,Aʼlamun nubalo, XIII, 348-349.
  • Ibn Hojar, Lisanul mizan, IV, 241.
  • Ibn Ummod, Shizarat, II, 193.
  • Sezgin, GAS, I, 161.
  • H.Shutzinger, „Bagaviy“, EIr., III, 407.

Manbalar

tahrir