Abu Jaʼfar, Ahmad bin Hamdon bin Ali bin Sinon (924-yilda vafot etgan) – “Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Nishopur shahrida tugʻilgan. Xavf, taqvo va zuhdga alohida ahamiyat qaratgan. Abu Hafs Haddod bilan uchrashgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”­dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.