Abu Muzohim Sheroziy (956-yilda vafot etgan) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Fors mintaqasi mashoyi­xi. Maʼrifat bobida Junayd va Shibliy bilan boʻlgan bahslarda gʻolib chiqqan. Hadis ilmining bilimdoni. Abu Hafs Haddod bilan muloqot qilgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhab­bat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.