Abu Nasr Porso maqbarasi — Afgʻonistonning Balx shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik. Naqshbandiya tariqatining koʻzga koʻringan vakili shayx Abu Nasr Porso qabri ustiga 1470-yillari qurilgan. Bino toʻrtburchak tarhli, har tarafi oʻrtasida ikki oshyonli ravoq-ayvonlar bor. Katta peshtoq, ikki yonidagi baland guldasta-burjlar, orqadagi mayda va zich gʻarovli gumbaz juda serhasham. Meʼmor oʻz davrigacha meʼmorchilikda erishilgan barcha ijodiy sifatlardan foydalangan. Ayniqsa koshinkori bezaklar nihoyatda nozik va nafis.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Abu Nasr Porso maqbarasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil