Abu Nasr Qubaviy
Abu Nasr Qubaviy Axmad ibn Muhammad ibn Nasr (forscha: ابو نصر قباوى; XI — XII asrlar) — quvalik tarixchi va tarjimon. 1128 — 1129 yillarda Narshaxiyning „Taʼrixi Buxoro“ („Buxoro tarixi“) asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan. Tarjima qilish jarayonida unga Buxoro tarixiga doir katta tarixiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni ham kiritgan. Bu asarning bir necha qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |