Abu Qatoda ibn Rabʼiy al-Ansoriy yurishi (Xadra)
Abu Qatoda ibn Rab’iy al-Ansoriyning Xadraga yurishi[5] (shuningdek, Xadira deb ham ataladi)[6][7] milodiy 629-yilning noyabr oyida (hijriy 8-yilning 8-oyi) boʻlib oʻtgan[8].
Abu Qatoda ibn Rabʼiy al-Ansoriy yurishi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Abu Qatoda | Nomaʼlum | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
Qurbonlarsiz | Baʼzi dushman vakillari oʻldirilgan, baʼzilari asirga olingan[3][4] |
Yurish
tahrirHijriy 8-yilning shaʼbon oyida Islom paygʻambari Muhammadga Islomni qabul qilishdan bosh tortgan Banu Gʻatafonlar qoʻshin toʻplagani haqida xabar kelgan. Muhammad shoshilinch ravishda Abu Qatodani chaqirib, qabilani tartibga solish maqsadida uni 18 kishiga bosh qilib joʻnatgan.
Dushmanga yetib borish uchun Abu Qatodaga 15 kun kerak boʻlgan. Dushman tomondan baʼzilar oʻldirilgan, boshqalari qoʻlga olingan va ularning barcha mol-mulki oʻlja sifatida olingan[9][10].
Ushbu yurish Banu Gatafon qabilasidan boʻlgan Xudra urugʻiga qarshi uyushtirilgan boʻlib, natijada katta suruv qoʻlga olingan.
Bu gʻazotdan soʻng koʻplab qabilalar oʻz bay’atlarini oʻzgartirib, islomni qabul qilgan. Ular orasida Bani Zobian, Banu Fazara, Banu Abs qabilalari bor edi. Banu Sulaym ham Ibn Abu al-Avja as-Sulamiy[11] gʻazotida oʻz izdoshlari bilan jang qilganidan keyin Muhammadga boʻysungan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ The sealed nectar, By S.R. Al-Mubarakpuri, Pg247 Author references Rahmat-ul-lil'alameen 2/233; Talqeeh Fuhoom Ahl Al-Athar p.33
- ↑ "Khadrah Campaign", Witness-Pioneer.com
- ↑ The sealed nectar, By S.R. Al-Mubarakpuri, Pg247 Author references Rahmat-ul-lil'alameen 2/233; Talqeeh Fuhoom Ahl Al-Athar p.33
- ↑ "Khadrah Campaign", Witness-Pioneer.com
- ↑ „Atlas Al-sīrah Al-Nabawīyah“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ The sealed nectar, By S. R. Al-Mubarakpuri, Pg247 Author references Rahmat-ul-lil’alameen 2/233; Talqeeh Fuhoom Ahl Al-Athar p.33
- ↑ „Khadrah Campaign“, Witness-Pioneer.com
- ↑ „List of Battles of Muhammad“. 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-may.
- ↑ The sealed nectar, By S. R. Al-Mubarakpuri, Pg247 Author references Rahmat-ul-lil’alameen 2/233; Talqeeh Fuhoom Ahl Al-Athar p.33
- ↑ „Khadrah Campaign“, Witness-Pioneer.com
- ↑ „The Life of Mahomet and History of Islam to the Era of the Hegira“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.