Abu Said Muhammad Rumiy
Abu Said Muhammad Rumiy (Paxlavon) (15-asr) – hirotlik olim, shoir, sozanda-bastakor, xonanda. Hirotlik mashhur bastakor – xonanda Usta Shodining shogirdi. U hayotining koʻp qismini Hirot (Husayn Boyqaro saroyi)da oʻtkazgan. Alisher Navoiy rahnamoligida ijod qilgan. Qirq sho-girdiga har kuni ilmi faroiz (matematika)dan, ohangdoshlik (prosodiya) va imlo – inshodan, goʻshtgir (pahlavon)likdan, ilmi musiqiydan taʼlim bergan. Uning Rost maqomining panjgoh qismidagi qoʻshiqlari gʻoyat yoqimli va mashhur. Abu Said Muhammad Rumiy (Paxlavon)ning ijrochilik va bastakorlik faoliyati Navoiyning „Holoti Paxlavon Muhammad“ asarida yoritilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |