Abu Usmon Magʻribiy, Saʼid bin Sallom (935-yilda vafot etgan) – “Naso­yim ul-muhab­bat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Tunis shahridan 156 km uzoqlikda joylashgan Qirvon mavzeida tugʻilgan. Abulhusayn Soyigʻ Dinavariyning muridi. Xirqani Abu Ali Kotib qoʻlidan kiygan. Habib Magʻribiy, Abu Amr Zajjoj, Abu Tolib Ixmimiy, Abu Yaʼqub Nahrajuriy, Abulhusayn Bunon, Abu Said Xarroz, Abulhusayn S´fiy Fushanjiy, Abulqosim Nasrobodiy bilan suhbatda boʻlgan. Oʻttiz yil Makkada yashab, umri oxirida Nishopurga koʻchib ketishga majbur boʻladi va oʻsha yerda olamdan oʻtadi. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.