Abu Yaqub Ishoq ibn Ahmad as-Sijistoniy (أبو يعقوب إسحاق بن أحمد السجستاني) yoki as-Sijziy (السجزي), Bandaneh[1] (forscha:بندانه) nomi bilan ham tanilgan, 10-asrda Eronning shimoliy va sharqiy yerlarida faoliyat yuritgan fors ismoiliy missioneri. Uning hayoti haqida maʼlumotlar yetarli emas, lekin u neoplatonik gʻoyalarni ismoiliy ilohiyotiga singdirishda muhim rol oʻynagan sermahsul yozuvchi boʻlgan.

Hayoti

tahrir

As-Sijistoniyning hayoti haqida maʼlumotlar yetarli emas[2], chunki unga ishora qiluvchi hikoyalar asosan sunniy bid’atshunoslik asarlarida uchraydi, Ismoiliy manbalarida esa u haqida hech qanday maʼlumot berilmagan[3]. Unga „paxta urugʻi/chigiti“ (arabcha:khayshafūj, forscha:banba-dāna or Bandaneh) laqabi berilgan. U ismoiliylarga tegishli boʻlmagan bir qancha asarlarda u tilga olingan, ammo uning hayoti va diniy faoliyatiga oid maʼlumotlar juda oz[3][4]. Manbalardan maʼlum boʻlishicha, u Sharqiy Islom olamining Eron hududidagi asosiy missionerlaridan biri boʻlgan[3].

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir