Abu Zayd Margʻaziy Xurosoniy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Marvlik faqih. Hajga borganida Ibrohim bin Shaybon Kirmonshohiy bilan uchrashgach, unga murid tushadi. Bir yil saboq olib qaytganidan soʻng yana uch marta haj qiladi. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.