Abu al-Fath as-Sarminiy – Saljuqiylar imperiyasining Sarmin shahridan boʻlgan nizoriy ismoiliy targʻibotchisi (dai) va qozi. U 1106-yilda Xalaf ibn Mulaʼibni oʻldirish uchun Ridvan va sherigi hashshoshiy Abu Tohir as-Saigʻdan yordam soʻraydi. Shundan soʻng Apameyadagi Qalaat al-Madiq qal’asining amiri boʻladi. Bundan tashqari, u Tankredning tahdidiga qarshi kurashish uchun Ridvandan yordam soʻyagan. Tankred Xalafning oʻgʻli Musbih ibn Muloib yordamida shaharni zabt etadi. Qoʻshni amirlar orasida ittifoqchilari boʻlmagan Abul Fath, shahardagi musulmonlarning xavfsiz chiqib ketishi uchun muzokaralar olib boradi. Shunga qaramay, u va uning uch izdoshi qatl etiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Willey, Peter; Institute of Ismaili Studies. Eagle's nest: Ismaili castles in Iran and Syria. I.B.Tauris, 2005. ISBN 978-1-85043-464-1. 

Adabiyotlar

tahrir
  • Runsiman, Stiven, Salib yurishlari tarixi, Ikkinchi jild: Quddus Qirolligi va Frank Sharqi, 1100-1187, Kembrij universiteti nashriyoti, London, 1952, betlar. 52-3
  • Ibn al-Qalaniysi, Gibb, HAR, Salib yurishlarining Damashq yilnomasi: Ibn Al-Qalaniysiy yilnomasidan olingan va tarjimasi (2-nashr), Courier, 2002, betlar. 73-4