Abubakr Fozilbon Buxoriy
Abubakr Fozilbon Buxoriy — buxorolik alloma va muhaddis. Abu Bakr Folizbon Buxoriyning darajalari buyuk bo‘lib, o‘sha davrning eng yirik valiysi, allomasi Junayd Bag‘dodiy bilan hamsuhbat bo‘lgan. Atoliqli adib Sadrididn Salim Buxoriy u kishi toʻgʻrisida koʻplab maʼlumotlar yozgan. Shayx Abu Buxoroga kelganida Folizbonga mehmon bo‘lipti. Hazratning kulbalarida bir eshikdan boshqa narsa bo‘lmagan. U mehmon yoniga dasturxon yozadi. Dasturxonda non, yongoq va tuz bo‘lgan. Mehmon ishtaha bilan yeya boshlaydi va beixtiyor ko‘zi Folizbonga tushadi. U tinmay yig‘lardi. Mehmon taom yemoqdan qo‘lini tortadi. Fozilbon shunday degan ekan: "Siz bemalol tanovul qiling, men quvonganimdan yig‘layapman. Junayd Bag‘dodiy menga degan edilarki dunyoda ikki hujra bo‘ladi, birida bu so‘zlardan (yaʼni: ilohiy so‘zlardan) aytilur, boshqasida aytilmas. Ul hujradan bul hujraga (yaʼni ilohiy so‘z aytiladigan hujraga) kelishni kishilar or bilmas Holo Hirotdan bu so‘zlarni eshiturga Buxoro (yaʼni bizning hujraga) kishi kelgani yaxshidur[1]". Alisher Navoiy „Nasoim ul-muhabbat“ asarida Hazrat Folizbon Buxoriy haqida shunday maʼlumot yozgan : „Buxorolig‘dur. Buzurg ermish (yaʼni buyuk edilar). Junayd (vaf. 910) ko‘ribdur (yaʼni Junayd Bag‘dodiy bilan uchrashib, hamsuhbat bo‘lgan). Shayxul islom (Abdulloh Ansoriy) debtularki, Shayx Abu Buxoroga bordi, ani ko‘rgali. Debdurki, ani bir uyda toptimki, bir eshigi bor erdi. Kirdim va salom qildim. Meni o‘lturtti va sufra kelturdi. Sufrada non erdi va yong‘oq va tuz. Men och erdim, yemakka mashg‘ul bo‘ldim. Anga boqdim, ul yig‘laydur erdi. Ilik taomdin tortdim. Manga dedikim sen nima yegilki, men shodlig‘din yig‘laydurmenki, Abulqosim Junayd manga deb erdikim, bot bo‘lg‘ayki, bu so‘zlar andog‘ bo‘lg‘ayki, bir ko‘yda ikki hujra bo‘lsaki, birida bu so‘zlardin bo‘lsa va yana birida bo‘lmasa, bo‘lmag‘on hujradin kelib, bo‘lg‘on xujradag‘idin bu so‘zni eshiturg‘a kariy qilmag‘ay, holokim, hanuz Hirotdin Buxorog‘a bu so‘zlarni eshiturg‘a kishi kelur, xo‘bdur[2]“.
Muhaddis | |
---|---|
Ism |
Abubakr Fozilbon Buxoriy |
Tavalludi |
|
Falsafa maktabi |
|