Abubakr Mirzo (Abusaidning oʻgʻli)
Abubakr Mirzo (1458—1479 oktyabr) — temuriylar sulolasidan boʻlgan shahzoda, Abusaid Mirzoning oʻgʻli. Badaxshon hokimi.
Abubakr Mirzo | |
---|---|
forscha: ابوبکر میرزا | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1458 |
Vafoti | 1479 |
Otasi | Abusaid Mirzo |
Dini | Islom |
Mansubligi | Temuriylar |
Hayoti
tahrirAbubakr Mirzo 1458-yilda Abusaid Mirzoning badaxshonlik xotinidan tugʻilgan. Otasi unga Badaxshon hokimligini inʼom qilgan. Tarixchilar Abubakr Mirzoni shijoatli, himmatli va jasur boʻlgan, deb taʼriflaydilar[1].
Husayn Boyqaroning Chakman jangidagi gʻalabasidan soʻng Abubakr Mirzoda uning mulozamatiga kirish niyati paydo boʻladi. Shu sababli Jaloliddin Mazit argʻun bilan birgalikda Hirotga boradi[2].
Abubakr Mirzoni Hirotda yuksak ehtirom bilan kutib oladilar. Husayn Boyqaro u va uning hamrohlariga qimmatbaho hadyalar beradi va bir necha kun davom etgan bazmdan soʻng Abubakr Mirzoni katta qizi Sultonim begimga unashtirib qoʻyadi. Shundan keyin Abubakr Mirzo Badaxshonga qaytib ketadi[3].
Keyinchalik Husayn Boyqaro bilan munosabatlari yomonlashadi va 1479-yil oktyabrda qatl qilinadi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Файзиев 2024, s. 212.
- ↑ Файзиев 2024, s. 212-213.
- ↑ Файзиев 2024, s. 213.
- ↑ Файзиев 2024, s. 215.
Adabiyotlar
tahrir- Файзиев Т. Темурийлар шажараси. Тошкент: Info Capital Books, 2024 — 368-bet.